Toyloqlik qarzdordan qirg‘izistonlik ayolga aliment puli undirib berildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudi ijro varaqasiga asosan qarzdor Sh.S.dan undiruvchi Qirg‘iziston fuqarosi A.Japarovaning foydasiga ikki nafar farzandlarining ta’minoti uchun uchdan bir qism miqdorda aliment undirish belgilangan.

Byuroning Toyloq tuman bo‘limi davlat ijrochisi, Feruz Kamarovga ko‘ra, ushbu ijro varaqa Byuroning Toyloq tuman bo‘limiga tushgach, davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga o‘z vaqtida bartaraf etmaslik oqibatlari bo‘yicha tushuntirish berilgan. Shundan so‘ng, to‘lanmagan qariyb bir yillik aliment qarzdorligini to‘liq bartaraf etilgan.

Undiruvchi Qirg‘iziston fuqarosi A.Japarova O‘zbekiston MIB xodimlarining harakatidan mamnun bo‘lib Byuroning Samarqand viloyat boshqarmasiga o‘z tashakkurnomasini yozib qoldirgan.