Tramp impichment bo‘yicha advokatlarini yo‘qotdi
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp AQSh Senatida impichment ishi bo‘yicha mudofaa strategiyasini ishlab chiqayotgan beshta advokatini yo‘qotdi. Bu haqda 31 yanvar kuni CNN xabar berdi.
Ilgari Trampning yuridik guruhini boshqargan advokat Debora Barbe, Djonni Gesser, Greg Xarris va Joshua Govard endi eks-prezidentning himoya jamoasiga kirmaydi.
Ta’kidlanganidek, kelishmovchilikning sababi Trampning prezidentlik muddati tugaganidan keyingi impichmentning qonuniyligi emas, balki u yutqazgan prezidentlik saylovlari soxtalashtirilganligini oldinga surish istagi bo‘lishi mumkin.
Impichment jarayoni 8 fevraldan keyin boshlanadi. Rezolyusiyada yagona ayblov moddasi – isyonga da’vat etish ko‘rsatilgan. Tramp AQSh tarixida ikki marta impichment e’lon qilingan birinchi prezident bo‘ldi.
14 yanvar kuni AQSh Vakillar palatasi Vashingtondagi tartibsizliklar uchun Trampga ko‘pchilik ovoz bilan impichment e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni Trampning tarafdor-namoyishchilari Kapitoliy binosiga bostirib kirib, Senat zalini o‘rab olishdi. Ular Senat va Vakillar palatasining so‘nggi saylovlar natijalarini tasdiqlash rejalashtirilgan kengashni to‘xtatishga muyassar bo‘lishdi. Namoyish paytida politsiya qariyb 70 kishini hibsga oldi, besh kishi halok bo‘ldi.