Tramp jurnalistlar bilan aytishib qoldi va matbuot anjumanini to‘xtatdi

Foto:mixnews.lv

Bu haqda Lenta.ru nashri xabar berdi.

OAV vakillari bilan o‘tkazilayotgan suhbat chog‘ida AQSh yetakchisi u rahbarlik qilayotgan mamlakat dunyoning boshqa mamlakatlaridan ko‘proq koronavirusga test tahlili o‘tkazishini ma’lum qildi. Shundan so‘ng jurnalistlardan biri nima sababdan mamlakatda minglab odamlar o‘layotgan bir vaqtda, Tramp Qo‘shma Shtatlardagi test tahlillari soni to‘g‘risida gapirishda davom etayotgani haqida so‘radi. Uning savoliga javoban Oq uy rahbari bu haqda undan emas Xitoydan so‘rash kerakligini ta’kidladi. So‘ng jurnalist tomonidan berilgan savolni “beo‘xshov”, deb atadi. Oq uy rahbarining bu gapi jurnalistning jahlini chiqardi.

AQSh yetakchisi jurnalistlar tomonidan berilgan navbatdagi savollarga  javob berishdan bosh tortdi. U OAV vakilini eshitishga harakat qilganini, biroq jurnalist buning uddasidan chiqa olmaganini ta’kidladi. Shundan so‘ng Tramp matbuot anjumanini to‘xtatdi.

Aprel oyida Tramp har kuni jurnalistlar bilan o‘tkazilayotgan brifingni oqlamay, buni “vaqtni behuda sarflash” deb atagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, OAV ziddiyatli savol ko‘p beradi va haqiqatni to‘liq bayon etishni istamaydi. “Ular o‘z reytinglarini rekord darajaga ko‘tarib oladilar. Amerikaliklar esa yolg‘on ma’lumotdan boshqa hech narsa ololmaydi. Bunday anjumanlar vaqt va ortiqcha kuch sarflashga arzimaydi”, deb yozgan edi Tramp.