Tramp koronavirus bilan samarasiz kurash olib borayotganlikda ayblandi
AQSh Palata vakillari raisi Nensi Pelosi Donald Trampni koronavirus bilan samarasiz kurash olib borayotganlikda aybladi. Bu haqda u CNNga bergan intervyuda bayon etdi.
U Amerika Prezidentini Xitoy bilan chegaralarni yopish to‘g‘risidagi qarorini buyuk qaror deb baholanganligini, biroq shunga qaramay, Xitoydan o‘n minglab odamlar mamlakat hududiga kirib kelganini eslab o‘tdi. “Bu vaziyatdan uzoq holat edi... Agar eshiklarni yopsangiz, unda uni oxirigacha yopish kerak edi”, dedi Pelosi.
AQSh va Xitoy chegaralari 2 fevral kuni yopilgan. Lekin The New York Times nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, chegaralar yopilganidan keyin ham ikki oy davomida u yerdan 40 mingga yaqin odam AQSh hududiga kirib kelgan.
7 aprel kuni Tramp JSST unga Xitoy bilan chegaralarni yopmaslikni maslahat berganini va u bunga rad javobini berganini ta’kidlagan edi. Prezident bu taklifning “umuman imkonsiz” ekanligini ma’lum qilgandi o‘shanda. Ko‘p o‘tmay AQSh JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘ydi.