Tramp "muhim bayonot" bilan chiqdi

Kiyev uchun qurol, Moskvaning savdo sheriklari uchun 100 foiz tariflar (lekin birozdan keyin). U Putin bilan to‘rt marta kelishuvga erishdim, deb o‘ylagan.

Bu Donald Trampning uch kun oldin e’lon qilgan Rossiya haqidagi "muhim bayonoti"ning eng qisqa xulosasi. Bu haqda AQSh prezidenti NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

"Men Rossiyadan juda noroziman, - degan Donald Tramp. - Agar 50 kun ichida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv bo‘lmasa, men Rossiya va uning sheriklariga juda keskin – taxminan 100 foizli tariflarni qo‘yaman. Savdo - urushlarni tugatish uchun juda yaxshi vosita.

Bugun biz kelishuvga erishdik: biz NATOga eng ilg‘or qurollarni jo‘natamiz, ular esa bu qurollarni Ukrainaga jo‘natadi. Buning uchun ular to‘laydi, Amerika soliq to‘lovchilari emas. Qiymati milliardlab dollarlik harbiy texnika tezda jang maydoniga yetkaziladi. 17 ta Patriot tizimlarini o‘z ichiga olgan holda ular bugundan kela boshlaydi: bir nechta davlat Ukrainaga o‘zlarinikini beradi va biz ularni yangilariga almashtiramiz.

...Putindan hafsalam pir bo‘ldi. Taxminan to‘rt marta kelishuvga erishdik deb o‘yladim, lekin buning o‘rniga biz hali ham bu haqda gaplashyapmiz. Men u bilan gaplashaman, go‘shakni qo‘yaman, o‘ylaymanki, bu ajoyib suhbat bo‘ldi, lekin keyin raketalar Kiyev tomon uchadi. "G‘alati". Suhbat hech narsa emas, biz harakatga o‘tishimiz kerak. Yana, agar men prezident bo‘lganimda bu urush hech qachon boshlanmasdi. Agar Putin kuchayishda davom etsa, men qanchalik uzoqqa borishga tayyorligim haqida, yaxshisi mendan so‘ramang", deyman men".