Tramp saylovlarda g‘alaba qozongan taqdirda Xitoyga qarshi “ko‘p ishlar qilishga” va’da berdi
Bu haqda 22 oktyabr kuni RIA Novosti nashri xabar tarqatdi.
“Biz Xitoyga qarshi ko‘p ishlar qilamiz. Ularning bizga qarshi qilgan ishlari - bu sharmandalik”, dedi prezident saylovlarda g‘alaba qozonsa, uning Xitoyga nisbatan qanday siyosat yuritishi haqidagi savolga javob berib. Biroq Tramp aynan nimani nazarda tutayotganiga aniqlik kiritishdan bosh tortdi.
Bundan tashqari, Amerika prezidenti amerikaliklar niqob taqishga majbur bo‘layotganligida Xitoyni aybladi.
“Ular bu mamlakatni, dunyoni nima kuyga soldi? Siz Xitoy tufayli niqobda o‘tiribsiz. Tushunarlimi? Bu sharmandali holat”, dedi Tramp.
Shu bilan birga, Tramp Baydenni Xitoyga sotilganlikda aybladi.
“Bayden Xitoy tomonidan sotib olingan. Bayden Xitoy oldida ojiz, u Xitoyning jozasiz qolishiga imkon berdi. Bayden Xitoy bizni tunashiga yordam berdi. Men Xitoydan milliardlab dollarni olib chiqdim. Biz a’lo darajada buning uddasidan chiqdik. Keyin bizning ustimizga pandemiya, vabo bostirib keldi. Men uni shunday atayman - bu Xitoydan kelgan vabo”, ta’kidladi Tramp.