Tramp ustidan sud jarayoni tavsiya qilindi
- 20.12.2022 17:25
- 33
- Xorij
AQSh Kongressi Vakillar palatasining Kapitoliyga bostirib kirishni tergov qilish qo‘mitasi sobiq prezident Donald Trampga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atishni tavsiya qilmoqda. Parlament a’zolarining fikricha, u bir qator boshqa shaxslar bilan kamida to‘rtta federal qonunni buzgan.
Qo‘mita Trampni, jumladan, Qo‘shma Shtatlarga qarshi fitna va isyonga aloqadorlikda ayblaydi. Parlament tergovi ishtirokchilari bu bayonotni bir ovozdan qabul qilishdi. Ularning fikricha, sobiq prezident saylovdan keyin hukumatning qonuniy o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida o‘z tarafdorlarini Vashingtonda to‘planib, Kongressdan ovozlarni qayta sanashga erishishga chaqirgan.
2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyga bostirib kirish paytida 800 dan ortiq odam hibsga olingan edi. Trampning o‘zi Kongressga hujum uyushtirganlik ayblovlarini rad etadi va voqealarni siyosiy jarayonlar mohiyatiga bog‘lab, ularni “jodugar ovi” deb ataydi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa