Tramvaylarning yo‘ldan chiqib ketishi relslarning poyezdga mo‘ljallangani oqibati

Joriy yilning 6 avgust kuni Sartepa maskanida 1-yo‘nalishdagi tramvay yo‘ldan chiqib ketgani haqida ma’lumot bergandik. Afsuski, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan ushbu hodisaga mutasaddilar munosabat bildirmadi.

«Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion dasturi muxbiriga intervyu bergan Samarqand tramvay liniyalarini ishlatish korxonasi bosh muhandisi Ahmad Husainov holatni quyidagicha izohladi: «Temir yo‘l izlari, strelkali o‘tkazgichlar talabga javob bermaydi. Chunki hozirda tramvaylarimiz harakatlanayotgan relslar aslida poyezdlar uchun mo‘ljallangan. Bu masala bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan bo‘lsak-da, natija bo‘lmayapti».