Tramvay Siyob bozorigacha qatnaydi

Tramvay liniyasidan foydalanish bo‘yicha davlat korxonasi direksiyasi rahbari Fayzulla Murtazoyevning aytishicha, mazkur yo‘nalish uchun tramvaylar keltirilgan. 18 ta bekatning deyarli barchasi tayyor. Uzunligi 5 kilometrni tashkil etuvchi mazkur liniyada tramvaylar 7 daqiqa oralig‘ida harakatlanadi. Vokzaldan Siyob bozorigacha harakatlanish vaqti 20 daqiqani tashkil etadi. Bugundan tramvaylarning sinov harakatlari boshlanadi.
Korxona zimmasida tramvay yo‘nalishining 23,4 kilometr uzunlikdagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidan (Spiteman shoh hamda Narpay ko‘chalari orqali) Kimyogarlar qo‘rg‘onigacha bo‘lgan uchinchi tarmog‘i qurilishi bilan bog‘liq vazifalar turibdi. Buning uchun shaharga 42 tramvay va kerakli uskunalar keltiriladi.