Tubsizlik ustida: Sayyoradagi eng ekstremal tomosha maydonchalari

Qo‘rquv va zavq kabi bu ikki tuyg‘uni odamlar yuzlab metr balandlikda tubsizlik ustida turganda boshdan kechiradi. Taraqqiyot va texnologiya tufayli bu joylarning barchasi xavfsiz, biroq baribir, pastdagi cheksizlikka qarab, yurak ko‘krakdan chiqib ketishga tayyor va tizzalarda titroq paydo bo‘ladi.

"Egri-bugri ajdaho" so‘qmog‘i, Xitoy

Dahshatli va baland kuzatuv platformalari soni bo‘yicha rekordchi Xitoyda odamlarni hayratda qoldirishni yaxshi ko‘rishadi. Shunday qilib, 2011 yilda Tyanmen tog‘ining tik yonbag‘rida xuddi ajdahoning dumidek devorlarini o‘rab olgan shisha ko‘prik qurildi.

 So‘qmoqning butun uzunligi bo‘ylab bir yarim metr balandlikdagi kuchli to‘siqlar o‘rnatilgan bo‘lsa-da, kamdan-kam sayyohlar 1430 metr tubsizlik ustidagi shisha bo‘ylab yurishga jur’at etadi. Lekin baribir odamlar tosh devorni paypaslab, g‘oz qadamlar bilan, ko‘zlarini pastga qaratmasdan, “ajdaho dumi” bo‘ylab yurib bormoqda.

Skay-Tauer minorasi, Yangi Zelandiya

Ekstremallik bo‘yicha Yangi zelandiyaliklar o‘zining Oklend shahridagi teleminorasi bilan xitoyliklardan o‘zib ketishdi. Bu platformaning balandligi atigi 193 metr bo‘lsa-da, hamma ham unga qadam qo‘yishga jur’at eta olmaydi.

Gap shundaki, uning panjarasi yo‘q, kengligi esaatigi 1,2 metrni tashkil qiladi. Rasmiylar xavfsizlikka juda qattiq rioya qilgan holda tyeleminora atrofida sayr qilishni istagan har bir kishiga sug‘urta bilan birga maxsus kombinezon beradi. Skay-Tauerda bir vaqtning o‘zida olti kishidan ortiq odam bo‘lishi mumkin emas, kuchli shamol esgan yoki yomg‘ir yoqqan kunlarda bu yerga kirish butunlay yopiladi.

Troll tili, Norvegiya

Barcha joylarda tomosha maydonchalarini qulay va xavfsiz qilishga harakat qilinadi, Norvegiyada esa hamma narsa umuman boshqacha. Mashhur "Trolltili” yodgorligida hech qanday to‘siq va sug‘urta yo‘q. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu tosh bo‘lagi kutilmaganda qulab tushishi va undagi har qanday qurilish ishlari bu jarayonni tezlashtirishi mumkin.

Skeggedal” tog‘ida joylashgan bu qoyada bo‘lish uchun 12 kilometr piyoda yo‘lni bosib o‘tish kerak bo‘lsa-da, diqqatga sazovor joyga keladigan sayyohlarning cheki yo‘q.

"Bo‘shliqqa qadam", Fransiya

Fransiya tik qoyalari kamarlarida sayyohlar oyog‘i ostida qorli Alp cho‘qqilarining sokin osoyishtaligi hukmronlik qiladi. 1035 metr balandlikda jihozlangan kichkina xona uch qatlamli yuqori quvvatli shishadan yasalgan. Uni qirib tashlamaslik uchun kubga kiruvchi barcha tashrif buyuruvchilarga maxsus yumshoq poyabzal beriladi. “Bo‘shliqqa qadam” joylashgan bino butunlay yopiq, unga ma’lum joylarda o‘rnatilgan kanat yo‘li olib boradi.

***

Butun dunyo bo‘ylab balandliklarda nafaqat sayyohlarni xursand qiladigan kuzatish maydonchalarni, shuningdek, tiniq qoyalardan o‘sib chiqqan uylar, cheksiz tubsizlikda osilgan butun shaharlarni ko‘rish mumkin.

Qulay va o‘lchovli hayotga o‘rganib qolgan insoniyatga yangi sarguzashtlar, his-tuyg‘ular va adrenalin yetishmayapti chog‘i. Bo‘lmasa, sayyohlarning bu ekstremal tomosha maydonchalariga borish uchun uzoq mamlakatlarga sayohat qilish istagini yana qanday tushuntirish mumkin?

B.Muhammadiyeva tayyorladi.