Tuman hokimi viloyat gazetasini sudga berdi

Andijon tuman hokimi Ulug‘bek Isomiddinov Andijon viloyati hokimi administratsiyasiga tegishli “Andijonnoma” gazetasini sudga berdi. Bu haqda vesti.uz yozmoqda.

Isomiddinov o‘zining da’vo arizasida “Andijonnoma” gazetasida berilgan "O‘zi xon, ko‘lankasi maydonmi?" tanqidiy maqola uchun raddiya berishni talab qilgan.

"Andijonnoma" gazetasida chop etilgan o‘sha maqolada Andijon tuman hokimi o‘zining 6 yillik hokimlik davrida tumanda aytarli hech ish qilmagani, kadrlar masalasida xatolar qilgani va bir qator masalalarda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani aytilgan. Shuningdek, fuqarolar murojatlariga e’tiborsiz bo‘lgan va yer taqsimotlarida adolatsizlik qilgan, deb tanqid qilingan.