Tumanlar qancha un xarid qilgan?

Viloyatimizda ishlab chiqarilgan un mahsulotini 7 noyabr kuni tovar xomashyo birjasida sotilishi bo‘yicha tumanlar kesimida tahlil qilinganda eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand shahri 107,3 tonna, Narpay 87,1 va Kattaqo‘rg‘on tumani 85,3 tonnani eng past ko‘rsatkich esa Paxtachi tumani 5 tonna qayd etildi. Umuman viloyatimiz tumanlari jami 640 tonna un xarid qilgan bo‘lsa, qo‘shni viloyat tumanlari (Baxmal, Sharof Rashidov, Xatirchi va Kitob tumanlari) ulushi bilan birgalikda birja savdolarida 7 noyabr kuni 677,7 tonna un sotilgan.