Turizm sohasidagi tadbirkorlarga bepul huquqiy yordam beriladi
Unda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar duch kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama etildi.
– Bugungi kunda viloyatimizda sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi 163 ta sub’yekt bo‘lib, shulardan 107 tasi mehmonxona va 56 tasi turistik firmalardir, – deydi Advokatlar palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i O.Axtamov. – Ularning faoliyatida uchrayotgan muammolarni hal etish jarayonida huquqiy yordam berishda advokatura muhim o‘rin tutadi. Shu jihatni inobatga olib, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan advokatlar turistik firmalarga turizm bilan bog‘liq masalalarda bir yil bepul huquqiy maslahat berish tashabbusi bilan chiqdi. Davra suhbatida bu tashabbus qo‘llab-quvvatlandi.
G‘olib ABDUSALOMOV.