Turkiya hukumati zilzila hududida epidemiya xavfi yo‘qligini ma’lum qildi

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja bugunga qadar vabo va tif kasalliklariga chalinish hollari qayd etilmaganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada bunday xatarlardan erta ogohlantirish tizimi yaratilgan.

Bundan bir kun avval Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) jahon hamjamiyatini Turkiya va Suriyadagi zilzilalardan jabr ko‘rganlar uchun 84,5 million dollar ajratishga chaqirgan edi. Bu mablag‘ dori-darmon vositalari, tez tibbiy yordam to‘plamlari hamda boshqa sarf-xarajatlar uchun zarurligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, mamlakat rahbari qidiruv-qutqaruv ishlari vayronalar ostidan eng so‘nggi omon qolgan odam chiqarib olingunga qadar davom etishini ta’kidlagan edi.