Turkiyada umumiy saylovlar: Erdo‘g‘an va Kilichdarog‘lu ulkan mitinglar o‘tkazmoqda

Qayta saylanish uchun kurashayotgan mamlakat rahbari siyosiy sahnadan “muxolifatni uloqtirishga”, uning asosiy raqobatchisi esa “Turkiyani yorug‘likka qaytarishga” va’da berdi.

Umumiy saylovdan ikki hafta oldin hukumat va muxolifat minglab tarafdorlarini ko‘chaga olib chiqdi.

Yakshanba kuni Anqarada amaldagi prezident va Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) rahbari, mamlakatni 2003 yildan beri boshqarib kelayotgan Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ishtirokida miting bo‘lib o‘tdi. U o‘z nutqida “Xudoning yordami bilan muxolifatni yo‘q qilishga” va’da berdi.

Bir qator kuzatuvchilar hukumat va hukmron ATP vakillari keskinlik muhitini yaratib, o‘z muxoliflarini “jinoiylashtirish”ga urinayotganini ta’kidlamoqda. O‘tgan kuni ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu 14 maydagi ovoz berish va 2016 yildagi muvaffaqiyatsiz davlat to‘ntarishi o‘rtasida o‘xshashlik ko‘rsatdi.

Otaturk tomonidan asos solingan Jumhuriyat Xalq partiyasi rahbari Kamol Kilichdarog‘li o‘z saylovchilariga “Turkiyani nurga qaytarish” va “turk demokratiyasini tiklash”ni va’da qilgan. U oltita muxolifat partiyasidan iborat koalitsiya tomonidan prezidentlik saylovlariga nomzod qilib ko‘rsatilgan.

74 yoshli sotsial-demokratlar yetakchisining mitingi Istanbul bilan birga muxolifat tayanchi deb atalgan Egey dengizi sohilidagi Izmirda bo‘lib o‘tdi. Avvalgi saylovlarda Erdo‘g‘on mamlakatning uchinchi yirik shahrida ovozlarning uchdan biridan kamrog‘ini qo‘lga kiritgan edi.

Turli so‘rovlarga ko‘ra, Kilichdarog‘lu raqibidan kamida 5 foiz o‘zib ketgan bo‘lsa, o‘sha kuni o‘tkaziladigan parlament saylovlarida hukmron partiya ustunlikka ega.

Turkiyada parlament va prezidentlik saylovlari 14 mayda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.