"Ucell" 100 foiz davlatga tegishli kompaniya
Ijtimoiy tarmoqlarda Gulnora Karimovaning farzandlari Islom va Iman Karimovalarning maktublari kengi muhokama qilindi.
Maktubda, xususan, G.Karimova go‘yo "Ucell" aksiyalariga egalik qilishi va hozirgi paytda kompaniya davlat tomonidan emas, boshqa mulkdorlar tomonidan muvaffaqiyatli boshqarilayotgani haqida aytilgan.
"Ucell" tomonidan e’lon qilingan rasmiy bayonotda ham haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ta’kidlab o‘tilgan.
2018 yil 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi Shvetsiya hukumatiga tegishli Telia guruhidan COSCOM ustav kapitalidagi 100 foiz ulushi 215 million dollarga va Telia guruhining COSCOM kompaniyasiga 485 million AQSh dollari miqdorida qarz majburiyatlarini to‘lab sotib olgan. Bitim bir nechta davlatlarning vakolatli organlari tomonidan amalga oshirilganda, G.Karimova kompaniyaning aksiyalariga aloqasi yo‘qligi aniqlangan.
Shunday qilib, 2018 yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi vakolatli agentligi orqali COSCOMni Telia kompaniyalar guruhidan sotib oldi va eng muhimi, unga egalik qilishni va boshqarishni davom ettirmoqda. COSCOMni sotib olish jarayoni bir qator davlatlarning barcha zarur huquqiy, moliyaviy va tartibga solish talablariga muvofiq qat’iy tartibda amalga oshirilgan.
"Yuqoridagi xatda yagona haqiqat COSCOM muvaffaqiyatli boshqarilib kelinayotganligi. Bir yarim yildan kam vaqt ichida kompaniyamiz O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya sohasida ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishda haqiqiy yetakchiga aylandi", deyiladi kompaniya rasmiy bayonotida.