Uch chaqaloq sog‘lom voyaga yetmoqda
- 02.03.2019 23:06
- 168
- Samarqand
Past Darg‘om tumani Maroqand mahallasida yashovchi Sayfiddin O‘roqov va Zuhra Otamurodova xonadonida o‘tgan yil 6 noyabrda uch egizak farzand dunyoga kelgani haqida xabar bergan edik. Zahro, Husan va Fotima bugun sog‘lom voyaga yetmoqda.
- Farzand inson hayotining mazmuni, mevasi, — deydi Z.Otamurodova. — Mehriddin ismli o‘g‘limizdan keyin birvarakayiga uch farzand ato qildi.
Egizaklar - onaning qo‘shaloq baxti. Momolarimiz esa egizak farzand tug‘ilgan, voyaga yetgan yurtda baraka bo‘ladi, deyishadi. Shu ma’noda maroqandliklarning-da quvonchi cheksiz. Chunki keyingi o‘n yillar davomida mahallada uch nafar chaqaloq dunyoga kelmagandi-da.
Ilohim, yurtimizdagi har bir xonadonda shirindan shakar farzandlar kulgisi yangrasin!
Teglar:
chaqaloq
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ro‘zada narx oshmaydi
- Kecha, 18:52
- Samarqand
Inson salomatligi bilan bog‘liq afsonalar
- Kecha, 18:09
- O'qing, qiziq!
Seminar ziyorat bilan boshlandi
- Kecha, 17:53
- Samarqand
Topganimiz to‘yga buyurishi shart emas
- Kecha, 14:40
- Mutolaa