Uch nafar shaxs ijaraga olingan avtomashinalarni sotib yuborgan
Andijonda 2019 yilning sentyabr oyida, 36 yoshli B.T., 33 yoshli O.N. va 32 yoshli A.X.lar oldindan jinoiy til biriktirib, 37 yoshli J.I.ni aldab, uning ishonchiga kirib, unga tegishli «Lasetti» va «Nexia» rusumli avtomashinalarini oyma-oy to‘lash sharti bilan ijaraga olishgan va J.I.ning ruxsatisiz avtomashinalarni boshqa shaxslarga sotib yuborishgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari olib borilmokda.