Uch oyda bojxona postlarida 174 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, 8 milliard 339,2 million so‘mlik tovar ushlab qolindi

Joriy yilning birinchi choragida viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan xorijdan import qilingan tovarlarga qonunchilikda belgilangan stavkalar asosida 642,11 milliard so‘m bojxona to‘lovlari hisoblandi. Shundan tadbirkorlarga ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 227,95 milliard so‘m imtiyozlar qo‘llanildi.

Shuningdek, viloyat hududida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga    2021 yilning yanvar-fevral oylari davomida jami 25 holatda 64,92 milliard so‘m miqdoridagi bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashga ruxsat berildi.

Samarqand viloyatining tashqi savdo aylanuvi joriy yilning yanvar-mart oyida 326,3 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga ta’siriga qaramay, viloyatning eksport ko‘rsatkichlari oshib bormoqda. Xususan, 2020 yilning shu davrida 78,68 million AQSh dollari qiymatidagi tovarlar xorij bozoriga yo‘l olgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 18,49 million AQSh dollariga yoki - 23,5 foizga ko‘payib, 97,17 million AQSh dollarini tashkil etdi.

2021 yil yanvar-mart oylarida 11 530 ta elektron shaklda bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 128 taga yoki 9,8 foizga ko‘p bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirildi.

Shuningdek, yanvar-mart oylarida viloyatda ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 10,0 million AQSh dollarilik asbob-uskunalar olib kirilib, “erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan va bojxona to‘lovlaridan

18,2 milliard so‘m imtiyozlar qo‘llanilgan.

Joriy yilning 31 mart kuni holatiga xavfni boshqarish tizimi orqali jami 11 904 ta bojxona yuk deklaratsiyasilar tegishli “yashil”, “sariq”, “qizil” yo‘laklarga taqsimlanib, ularning qisqa vaqt mobaynida rasmiylashtirilishiga erishildi.

O‘tgan davr davomida viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan jami 174 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, ular bo‘yicha 8 milliard 339,2 million so‘mlik tovarlar ushlab qolingan, ularga 21 milliard 261 million so‘m bojxona to‘lovlari hisoblangan.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.