Uch yilda bir marta yerlarda sho‘r yuviladi

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 apreldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning sho‘rini yuvish ishlarini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan yerlarning sho‘rini yuvish ishlari ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan tavsiyalar bo‘yicha maqbul muddatlarda va sho‘r yuvish normalariga amal qilgan holda bajariladi.


Yerlarning sho‘rini yuvish ishlari har uch yilda kamida bir marta lazer uskunali yoki uzun bazali yer tekislagichlar bilan tekislangan holda amalga oshiriladi.

Sho‘r yuvish ishlari uchun suv olish xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaga asosan ajratilgan suv olish limiti doirasida amalga oshirilib, suvning hisobi yuritiladi.