Uchastka saylov komissiyalari a’zolarining bilim va ko‘nikmalari oshirilmoqda

Joriy yil 12 iyuldan 8 avgustgacha Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Saylov komissiyalari a’zolari malakasini oshirishni tashkil etish Konsepsiyasi asosida 2-bosqich seminar-treninglar bo‘lib o‘tadi.

Jarayon oldidan viloyatimizga biriktirilgan trenerlar tomonidan 7-10 iyul kunlari Samarqand davlat universitetida 97 nafar hududiy trenerlar, shahar va tuman hokimlarining jamoatchilik bo‘yicha maslahatchilari uchun dars mashg‘ulotlarni tashkil etish texnologiyalari yuzasidan o‘quvlar tashkil qilindi.

O‘quvda respublika trenerlari hamda joylarda bo‘lib o‘tadigan seminarlarni tashkil etish bo‘yicha umumiy ishchi guruh rahbari - Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudova hududiy trenerlarga o‘z tavsiya hamda ko‘rsatmalari berdi.

Eslatib o‘tamiz, hududiy trenerlar uchastka saylov komissiyasi rais, rais o‘rinbosari hamda komissiya kotibligiga nomzodlar uchun 12 iyuldan 31 iyulga qadar reja-grafik asosida seminar o‘tadi.

Shuningdek, 10 iyul kuni hududiy sektor rahbarlari uchun tashkil qilingan bir kunlik seminar-treningda ishtirokchilar respublika trenerlari ko‘magida saylov qonunchiligi va jarayoni bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini oshiradi.

Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari R.Mahmudova shahar va tumanlarda o‘quvlar tashkil etiladigan joylar hamda saylov jarayoniga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

Jahongir Tursunboyev,

viloyat saylov komissiyasi kotibi.