Ikkita tumanda hokim o‘rinbosari almashdi


Ismailov
Dilshod Baxriddinovich Kattaqo‘rg‘on tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi.

D.Ismailov bugungi kunga qadar Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Nurobod tumani hokimining qaroriga asosan Xo‘jamiyarov Sirojiddin Xushimovich Nurobod tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

S.Xo‘jamiyarov tayinlovga qadar Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurobod tumani bo‘linmasi rahbari vazifasida faoliyat yuritgan.