Ukraina Moskvaga yirik dron hujumiga tayyorlanmoqda

Ukraina Moskva shahriga so‘nggi zarbalardan so‘ng o‘nlab dronlar ishtirokida Moskvaga yirik hujumga tayyorlanmoqda.

Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.

Nashrda aytilishicha, uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA)ning Moskvaga so‘nggi hujumlari Ukraina uchun sinov bo‘lgan va endi bir necha yo‘nalishda hamda turli balandliklarda yopiriladigan o‘nlab dronlar ishtirokidagi ommaviy hujumga tayyorgarlik ko‘rilayapti.

Aytishilicha, so‘nggi hujumlar Ukrainaning uchuvchisiz uchish apparatlari sanoati sohasida juda ilgarilab ketgani va dronlardan foydalanish bo‘yicha dunyodagi eng ilg‘or mamlakatlardan biriga aylanganini ko‘rsatadi. Kiyev kamida olti xil turdagi uzoq masofaga uchuvchi xudkush-dronlar ishlab chiqarishni boshlagan.