Ukrainada prezidentlik saylovi: Zelenskiy katta farq bilan oldinda, rasmiy ma’lumot 30 aprel kuni e’lon qilinadi

Kuni kecha, 21 aprelda Ukrainada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining rasmiy natijalari 30 aprel kuni e’lon qilinadi. Bu haqda Ukraina Markaziy Saylov Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Yevgeniy Radchenko ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berayapti.

Radchenkoning so‘zlariga ko‘ra, saylovning so‘nggi natijalarini bilish uchun 2-3 kun vaqt kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 aprel kuni Ukrainada prezidentlik saylovining yakunlovchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda birinchi bosqichda eng ko‘p ovoz olgan nomzod Zelenskiy va Ukrainaning amaldagi prezidenti Poroshenko qatnashdilar. Bir qator OAVning xabariga ko‘ra hozirgacha saylov byulletenlarining 70% hisoblab bo‘lingan va unda 73% ovoz bilan nomzod Zelenskiy oldinda bormoqda. Poroshenko esa 27% ovoz bilan saylovda yutqazayapti. "Shuningdek, prezident Poroshenko bu saylovda mag‘lubiyatga uchraganini allaqachon tan olgan", deb yozmoqda ommaviy axborot vositalari.