Umri qisqa uchinchi reyx

Boltiqbo‘yi va Ukrainada ochiqchasiga ko‘zga tashlanayotgan neonatsizm uchun Uchinchi reyx qismati saboq bo‘lmayotganga o‘xshaydi. Salkam to‘qson yil muqaddamgi voqealardan ular xulosa chiqarib olishlari, insoniyatga qarshi har qanday harakatlar oqibati ayanchli tugashini anglashlari lozim.

Xo‘sh, dunyoni boshiga unutilmas kulfat keltirgan Uchinchi reyx qanday paydo bo‘lgandi?

1933 yil bahorda oxiri taqiq bilan tugagan barcha nemis partiyalariga qarshi kurash avj olgandi. Faqat natsistlar partiyasi 1935 yil noyabrda referendumda hukmron partiya sifatida faoliyati mustahkamlab qoldi. Tashkil topgan davlat esa Uchinchi reyx deb ataldi.

Natsionalistlar dohiysi roliga da’vogarlardan biri Adolf Gitler edi. Keyinchalik u davlat boshiga keldi. Uchinchi reyxning g‘ayriinsoniy siyosati va faoliyati Ikkinchi jahon urushidagi mag‘lubiyat bilan yakun topdi. Uchinchi reyx atigi 12 yil faoliyat ko‘rsatdi.

***

Kartoshka qon bosimini tushiradimi?

Amerikalik tadqiqotchilar maqola e’lon qilishdi. Unda aytilishicha, har kuni pishirilgan kartoshka yeyish qon bosimini tushirar ekan. Ta’kidlanishicha, kartoshkada mavjud kaliy sutkalik me’yorda 10 foizini ta’minlaydi. Kaliy organizmda qon bosimini ko‘tarilishiga qarshilik ko‘rsatadi.

«Qon bosimi bor bemorlarga kartoshka bosimni nazorat qilishga yordam beradi, albatta, - deydi boshqa tadqiqotchilar. – Lekin qon bosimiga moyilligi bor odamlar dasturxonida kartoshka bilan birga kaliy elementiga boy boshqa mahsulotlar – lavlagi, ko‘kat, uzum, turshak, salat bargi, kabachki va boshqalar bo‘lishi lozim».

T.Shomurodov tayyorladi.