Unutmang, xalqimiz, Vatanimiz sizlardan buyuk ishlarni kutmoqda

Aziz yoshlar!
Barchangizni bugungi bayram — Yoshlar kuni bilan O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi nomidan, shaxsan o‘zim nomimdan chin dildan qutlayman!
Bugungi kunda viloyatimizda barcha soha va tarmoqlarida, Vatan himoyasidek sharafli vazifani ado etishda minglab yoshlarimiz sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilmoqda. Siyosiy saviyasi yetuk, mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga ega yuzlab yigit-qizlar parlamentimiz va xalq deputatlari mahalliy kengashlarining a’zosi sifatida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy hokimiyat idoralarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bugun jonajon O‘zbekistonimizda erkin va obod, farovon hayot qurish yo‘lida muhtaram Yurtboshimiz boshlagan ulkan ishlarni davom ettirishga qodir bo‘lgan yangi avlod shakllanmoqda.
Aziz yoshlar! Hech qachon unutmang, xalqimiz, Vatanimiz sizlardan buyuk ishlarni kutmoqda.
Shu ishonch va mas’uliyatni har tomonlama oqlash, unga munosib bo‘lish — dunyodagi eng ulug‘ baxtdir. Shunday baxt, shunday sharaf barchangizga nasib etsin!
Aziz yoshlar, bugungi bayramingiz munosabati bilan O‘zbekistonimiz ravnaqi, rivoji uchun ulkan hissa qo‘shadigan yangi avlod bo‘lib yetishishingizga, shunga bor kuchingizni sarflashingizga, yurtimiz ravnaqi uchun yonib yashashingizga tilakdoshmiz!
Sherali Yuldashev