Urgut bozorida noqonuniy ravishda «stoyanka» tashkil qilib, haydovchilardan pul undirib kelganlar ushlandi
Viloyat IIB uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida Urgut tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida “Urgut savdo markazi” hududida tashkil etilgan avtoturargohda bir necha fuqaro savdo qilish uchun kelgan har bir haydovchidan zo‘rlik ishlatib, tamagirlik yo‘li bilan 5 ming so‘mdan pul olib kelayotganligi aniqlangan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida bu ishlarni sodir qilib kelgan 10 nafar fuqaroning barchasi qo‘lga olindi va ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.