Urgut tumanida 16 yoshli nabira qo‘lbola tayyorlangan tuzlamadan zaharlanib, vafot etdi

2019 yil 23 fevral kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi R.S.(ismli ayol) oila a’zolari bilan kechki payt uy sharoitida tayyorlangan pomidor va bodring mahsulotlaridan tayyorlangan salat (marinovannie)ni iste’mol qilib, oilaviy zaharlangan.

Natijada ular kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 16 yoshli nabirasi D.D. vafot etgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi