Urgut yo‘lida “ZIL” va “Kobalt” to‘qnashib ketdi, voqea joyida uch kishi hayotdan ko‘z yumdi

2020 yil 18 avgust kuni soat 15:30 larda Urgut tuman Baxrin mahallasi hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Termiz” M-39 avtomobil yo‘lida haydovchi Jomboy tuman Chalaqo‘rg‘on mahallasida yashovchi A.D. boshqaruvida bo‘lgan “ZIL” rusumli yuk avtomashinasi “Samarqand-Urgut” yo‘nalishida harakatlanib kelib, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan “Kobalt” rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada, “Kobalt” rusumli avtomashina haydovchisi A.Sh., yo‘lovchilari, Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan J.A. va T.N. voqea joyida vafot etgan, B.I. esa Urgut tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Yo‘lovchilari, Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi F.M., o‘g‘li, voyaga yetmagan B.A. va M.L. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘z.R JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.