Urgutda Biomed klinikasi faoliyatini boshladi

Urgut tumanining Algar mahallasida xususiy tadbirkor Ikrom Jumanazarov tashabbusi bilan Biomed klinikasi ochilib, foydalanishga topshirildi, deb yozmoqda viloyat hokimligi axborot xizmati. Klinika qurilishi va tibbiy jihozlar bilan jihozlanishiga tadbirkor tomonidan 1 milliard 30 million so‘m  mablag‘ sarflandi. Ushbu klinika foydalanishga topshirilishi bilan 20 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Klinikada lor, ginekolog, okulist, urolog, terapevt, UZI, EKG, fizioterapiya, kolposkopiya va barcha laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Klinikaning bir kunlik aholi qatnovi 100 nafardan ortiqroqni tashkil etadi.