Urgutda o‘zganing nomiga 15,7 million so‘m onlayn kredit rasmiylashtirgan shaxs qo‘lga olindi
Toshkent shahri Sergeli tumanida yashovchi (ayol) N.S. IIOga murojaat qilib, o‘zining nomiga noma’lum sabablarga ko‘ra, 15,7 million so‘m onlayn kredit rasmiylashtirilganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Urgut tumanida yashovchi 32 yoshli O.U. sodir etgani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro O.U. jabrlanuvchi N.S.ga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini bank operatori sifatida tanishtirib, SMS-xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qo‘lga kiritgandan so‘ng, N.S.ning nomiga onlayn kredit rasmiylashtirib, o‘sha vaqtning o‘zida mazkur pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.U.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qonunchilikka muvofiq, u 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etishi mumkin.