Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgut tumanida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi

5-11 iyul kunlari Urgut tumanida sportning voleybol turi bo‘yicha 2005 yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi bolalar o‘rtasida II O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Unda respublikamizning barcha viloyatlaridan 260 dan ortiq sportchilardan iborat 14 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Musobaqa natijasiga ko‘ra, Farg‘ona viloyati jamoasi birinchi, Qoraqolpog‘iston Respublikasi jamoasi ikkinchi, Qashqadaryo viloyati jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.