Urgutlik Husniddin Nishonov O‘zbekistonning joriy yildagi eng yaxshi futzalchisi
"ENG ZOʼR Uz Football Awards-2022’’ taqdirlash marosimida yilning eng yaxshilari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, urgut tumanida yashovchi Husniddin Nishonov – «Yilning eng yaxshi futzalchisi» deb topildi. Nishonov O‘zbekiston milliy jamoasi safida Osiyo Kubogida bronza medalini qo‘lga kiritdi, "Jizzax Kenteks" bilan mamlakat chempioniga aylandi.
Birodar Abduraimov – «O‘zbek futboli nuroniysi»,
Anvar Oxunov – «Fidoyilik ramzi»,
Vadim Agishev, Roziyabonu Yusupova – eng yaxshi hakamlar,
«Xorazm» futbol klubi – «feyr-pley» sovrini,
Farhod Nishonov – «Yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi»,
Abbosbek Fayzullayev – «Yosh yulduz»,
Bahodir Ahmedov – «Eng yaxshi futzal murabbiyi»,
Vladislav Xan — «Eng yaxshi murabbiyi»,
Maftuna Shoyimova – «Eng yaxshi ayol futbolchisi»,
Diyora Habibullayeva – Oliy ligasi to‘purari.
Viktor Kumikov – Pro-liganing eng yaxshi murabbiyi, eng yaxshi futbolchisi «Buxoro» klubi a’zosi, Ro‘zimboy Ahmedov loyiq ko‘rildi.
Dragan Cheran – «Superliganing eng yaxshi futbolchisi»,
Ro‘ziqul Berdiyev – «Superliganing eng yaxshi murabbiyi»,
Timur Kapadze – «2022 yilning eng yaxshi murabbiyi»,
Jamshid Iskanderov — eng yaxshi futbolchi sovrinlariga ega chiqdi.