Uvol bo‘lmasligi uchun suvni to‘xtatdik: Qorasuvdagi tarmoqni qurish, montaj qilishda quruvchi kamchilikka yo‘l qo‘ygan
Kecha, 19 iyul kuni Zarnews.uz telegram kanalida “Qachon qurilishda tartib bo‘ladi? Qorasuvda behuda oqib yotgan bu suvning uvoli tutmaydimi? mazmunida murojaat chop etilgan edi.
“Samarqand suv taminot” MChJ shahar filiali mutaxassislari mazkur muammoni suv bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun joyiga chiqib o‘rgandi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu suv tarmog‘i “Toyloq quruvchi sifat” MChJ tomonidan tortilgan. Qurish va montaj ishlarida shu kabi kamchiliklar mavjudligi uchun ham tarmoq “Samarqand suv taminoti” MChJ balansiga olinmagan.
Sababi, qurilish talablari qo‘pol ravishda buzilgan. Buni nazorat qiluvchi injiniring kompaniyasi ham mazkur holatdan habardor. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, filial mutasaddilari va avariyalarni bartaraf etish jamoasi bu yerdagi suv quvurini tuzatish ishlarini olib bordi. Chunki behudaga oqayotgan suv korxonamiz tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
Buni nazorat qiluvchi va buyurtmachilar mazkur muammoni o‘rganib, bir tomonga yechib berishsa, o‘ylaymizki, quruvchi o‘z ishini sifatli bajaradi va bunday holatlar qayta takrorlanmaydi.
“Samarqand suv taminoti” MChJ shahar filiali axborot xizmati.