Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga olindi
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida foydalanilmayotgan binoni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan amaldor ushlandi.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyatidagi tumanlardan birining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i xizmat mavqeidan foydalanib, 1975 y.t. fuqaro bilan kelishgan holda o‘zganing ishonchiga kirib, unga tuman tibbiyot birlashmasining foydalanilmayotgan omborxona binosini olib berishni va’da qilishadi va evaziga 10 ming AQSh dollari so‘rashadi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular oldindan 5 ming dollar olgan vaqtlarida ushlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.