Uy-joyimni kadastr qilishim kerak?
- Yashab turgan uyimni hujjatlashtirish, ya’ni kadastr qilish uchun qanday hujjatlar taqdim qilishim kerak va tartibi qanday?
S.YuSUPOV, Payariq tumani.
- Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan ko‘chmas mulk ob’yektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga binoan my.gov.uz portalida to‘lov asosida so‘rovnomada “Yangi ko‘chmas mulk ob’yektiga (birlamchi) kadastr pasportini shakllantirish” bo‘limini tanlaysiz va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatning skanerlangan nusxalarini biriktirasiz.
Reglamentining 16-bandida kadastr pasportini tayyorlash muddati yakka tartibdagi turar joy uchun 5 ish kunigacha belgilangan.
Bundan tashqari, ko‘chmas mulk ob’yektlarining turar-joy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish ob’yektning 1 kvadrat metr maydoni uchun (2787,5 so‘m) bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga ko‘paytirilgan holda hisoblanadi.
Savolga viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi axborot xizmati tomonidan javob berildi.