Kadrlar sifatiga baho bering! Sizning fikringiz inobatga olinadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi milliy oliy ta’lim muassasa(OTM)lari bitiruvchilarining sifatiga va ularning ish beruvchilar bilan hamkorlik aloqasiga baho berish maqsadida joriy yilning 1-31 may kunlari internet orqali ijtimoiy so‘rov o‘tkazmoqda.
OTMlarning kadrlar tayyorlash sifati haqida berilgan fikrlaringiz biz uchun muhim hisoblanib, so‘rovnoma savollariga to‘g‘ri va xolisona javob berishingizdan umidvormiz. Siz bergan ma’lumotlarning maxfiyligi kafolatlanadi va uning natijalari faqat umumlashtirilgan holda ishlatiladi.
So‘nggi besh yil ichida kadrlar masalasida Sizning idora(tashkilot)ngiz bilan faol aloqada bo‘lib kelayotgan bir nechta OTMlarni tanlab, bitiruvchilarining sifatiga va OTMning ish beruvchilar bilan hamkorligiga baho bering, deb yozadi inspeksiya.