Uyg‘ongan vulqonlar

Harakatdagi vulqonlar joylashgan mamlakatlar aholisi uchun bu yil tashvishli keldi. Italiyaning tog‘li hududida vulqonlar biri ketidan biri otildi. Kongoda vulqon o‘nlab odamlar umriga zomin bo‘ldi.

Sayyora yana qayerda navbatdagi vulqon otilar ekan, deya tashvishda qoldi.

Vulqon otilishi bir hisobdan chiroyli va maftunkor. Albatta, siz qaynoq lava oqayotgan joydan uzoqda bo‘lsangiz. Olovli oqim ostonasida qolgan odamga esa faqat hamdardlik bildirishdan boshqa iloj yo‘q. Italiyadagi Stromboli oroli aholisi ana shunday vaziyatga tushdi. May oyi o‘rtalarida orol nomidagi vulqon kutilmaganda junbushga keldi. Uning o‘pqonidan ko‘kka qora tutun o‘rladi. Qaynoq lavaning olovli tili butun orolni qamrab oldi. Mahalliy aholi xavf ostida qoldi.

Stromboli keyingi paytlarda tez-tez dahshatli junbushga kelmoqda. Bundan oldin vulqon 2020 yil 3 iyulda uyg‘onib, 35 yoshli sayyohning umriga yakun yasagan va tabiiy go‘zallikni yaxshi ko‘ruvchi yana bir ishqibozini yaralagan edi. Vulqon o‘z tarixida bunday quturmagandi, deydi mahalliy aholi.

Olimlar bu yil butun hududda, jumladan, Italiyaning kurort rayonlarida vulqonlar ommaviy faollashuvidan xavotirdalar. Shu yil Egna va Sitsiliya vulqonlarini uyg‘onishi bu tashvish bejiz emasligini ko‘rsatdi. Etna «sayr qiluvchi vulqon» laqabini oldi. U asta-sekin O‘rta yer dengiziga siljimoqda, yuzida yoriqlar paydo bo‘lyapti, ulardan har daqiqada vulqon otilishi mumkin. Bu mahalliy aholiga ham, sayyohlarga ham jiddiy muammolar keltirmoqda. Afsuski, Indoneziyada ahvol yanada tahlikali. May oyida uyqudagi Sinabung vulqoni uyg‘ondi. To‘rt yuz yildan keyin uning birinchi uyg‘onishi 2010 yilda ro‘y bergandi. Ammo bu yilgisi o‘ta dahshatli bo‘ldi: vulqon o‘pqonidan otilgan olov va pul 12 ming mahalliy aholini o‘z uylarini tashlab ketishga majbur qildi. Hukumat aholini ommaviy ravishda evakuatsiya qilishga majbur bo‘ldi.

O‘tgan yili Indoneziyadagi Levotolo vulqoni Lambesi orolida uch ming kishini evakuatsiya qilishga sabab bo‘lgandi. Indoneziya vulqonshunoslari sayyohlarni vulqonlar junbushga kelayotgan rayonlarga bermaslik haqida ogohlantirmoqdalar. Bunday olganda Tinch okeani olovli halqasida joylashgan Indoneziyada vulqonlar otilishi ajablanarli hodisa emas. Ammo bu yil vulqonlar otilishi tez-tez ro‘y berayotgani olimlarni hayron qoldirmoqda.

Kongoda otilgan Nirogon vulqoni shu yil 20 mayda bir necha qishloqlarni kuydirib kulga aylantirdi. 9 kishi uyi bilan birga yonib ketdi, bir qancha odam zaharli gazdan bug‘ildi. Ofat 32 kishining hayotiga nuqta qo‘ydi.

- Uyqudagi yoki harakatdagi vulqonlar yaqinida yirik shaharlar ko‘p emas. Tokio Furzilma tog‘idan 140 kilometr berida joylashgan. Harakatdagi vulqon mamlakat ramziga aylangan. Bir qaraganda 140 kilometr xavfsiz masofa. Afsuski, unday emas. 1707 yilda uyg‘ongan vulqon shaharni 15 santimetr qalinlikda kul bilan qopladi. O‘tgan 300 yil davomida shahar kengayib, aholisi 14 million kishiga yetdi. Fudziyamo vulqoni otilsa Yaponiya kutayotgan ekologik fojia ko‘lamini tasavvur ham qilish qiyin. Tokioda yirik sanoat korxonalari, rivojlangan infrastruktura kunpayakun bo‘lishi aniq. 750 ming kishi qurbon bo‘lishi mumkin. O‘ylaymizki, bu yilgi vulqonlar ulkan shaharni chetlab o‘tadi, deb niyat bildiradi «Mir novostey» (2021 y 22 iyun) haftanomasi.

T.Shomurodov tayyorladi.