Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

UzAuto Motors Tracker Premier AT avtomobiliga chegirma e’lon qildi

UzAuto Motors kompaniyasi Yoshlar kuni munosabati bilan Tracker Premier AT avtomobiliga 21% miqdorida katta chegirma e’lon qilgan edi.

Mazkur chegirmali aksiya muddati bugun o‘z yakuniga yetganini hamda xaridorlardan kelib tushgan ko‘plab takliflarni inobatga olgan holda kompaniya faqatgina qora rangdagi Tracker Premier AT avtomobiliga aksiya muddatini uzaytirishini ma’lum qiladi.

Siz 16 iyulga qadar 215 680 575 so‘m o‘rniga 170 million so‘m to‘lab, qora rangdagi Tracker Premier AT egasiga aylanishingiz mumkin.

"Shoshiling avtomobillar soni chegaralangan!", - deyilgan kompaniya xabarida.