“Uzbekistan airways” Nur-sulton shahriga doimiy qatnovlarni tiklamoqda
- 04.12.2020 12:00
- 35
- Samarqand
"Uzbekistan Airways" kompaniyasi Nur-Sulton shahriga doimiy qatnovlarni tiklamoqda. Qolaversa, Olmaota shahriga qo‘shimcha reysni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Aviakompaniya xabariga ko‘ra, joriy yilning 8 dekabridan boshlab Olmaotaga qo‘shimcha reys qo‘yiladi, parvoz seshanba kunlari quyidagi vaqtlarda amalga oshiriladi:
• “Toshkent – Olmaota”: uchish soat 15:20 da, qo‘nish soat 17:50 da
• “Olmaota – Toshkent”: uchish soat 18:50 da, qo‘nish soat 19:30 da.
Nur-Sultonga reyslar 10, 15, 22 va 29 dekabr kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
• “Toshkent – Nur-Sulton”: uchish soat 13:00 da, qo‘nish soat 16:00 da;
• “Nur-Sulton – Toshkent”: uchish soat 17:00 da, qo‘nish soat 18:00 da.
Mazkur reyslar uchun chiptalarni aviakompaniya saytida, “Uzbekistan airways sales” ofislarida yoki savdo agentlari ofislarida xarid qilish mumkin.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 41 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand