Uzbekistan Airways o‘zining ikkinchi Airbus A321 samolyotini qabul qildi
- 09.03.2022 13:39
- 116
- O‘zbekiston

Havo kemasi aviakompaniya ekipaj a’zolari — Maksim Shulepin va Yevgeniy Nagay boshqaruvida Toshkentga olib kelingan, deya xabar berdi O‘zA.
Samolyotning maksimal uchish vazni 97 tonna, u 23 ming kilogramm tijorat yuklarini tashiy oladi. Havo kemasi 188 yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan.
Mazkur samolyot Yevroosiyo qit’asi bo‘ylab deyarli to‘la yuk bilan parvoz qilishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston poytaxtidan ancha uzoq bo‘lgan London, Seul, Kuala-Lumpur kabi yo‘nalishlarda qatnovni amalga oshira oladi.
Teglar:
Uzbekistan Airways
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rta asr raketasi
- Kecha, 19:15
- O'qing, qiziq!
Boshqa viloyatlarga samolyotda boramiz
- Kecha, 16:11
- Samarqand