UZMOBILE kompaniyasining GSM-tarmog‘i abonentlari 3 milliondan oshdi

UZMOBILE milliy mobil aloqa operatori abonentlar bazasi CDMA-tarmog‘ida 160 mingdan ziyodroq, GSM-tarmog‘ida esa 3 milliondan ortiqroqni tashkil etdi, deya xabar qilmoqda gazeta.uz ijtimoiy tarmog‘i O‘zA’ga tayanib. Operatorning GSM-tarmog‘ini ishga tushirganiga to‘rt yil to‘ldi.

Joriy yilda kompaniya CDMA abonentlari sonini 220 ming, GSM foydalanuvchilari sonini esa 4,6 million kishiga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, operator respublikaning olis hududlaridagi aholi punktlarini ham aloqa bilan qamrab olishni maqsad qilgan.

Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Nukus, Navoiy va Urganch aeroportlarida ichki va tashqi mobil aloqa sifatini oshirish rejalashtirilmoqda.

Kompaniyaning tashqi internet-kanali bugungi kunda 30 Gbit/s, eng katta internet-paketi hajmi esa 75 ming Mb ni tashkil etmoqda.