Uzunligi 100 metr bo‘lgan dunyodagi eng kichik shahar

Bu kichik shahar Xorvatiyada joylashgan. Xum shahrining uzunligi 100 metrga cho‘zilgan va unda 52 kishi istiqomat qiladi.

Manzilgoh tarixiy manbalarda ilk bor 1102 yilda tilga olingan. O‘sha davrlarda soqchilar shaharchasi sifatida tashkil etilgan shahar Xolm (tepalik) deb atalgan.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda dastlab dushman kelishining oldini olish va kuzatish maqsadida bir necha kishidan iborat soqchilar minorasi paydo bo‘lgan. 1552 yilda shaharda qo‘riqchilar va ularning oilalari uchun keng ko‘lamli inshoot sifatida qo‘ng‘iroqxona qurilgan.

1802 yilda u yerda cherkov ham qurishga qaror qilingan. Hozirgi vaqtda shahar devorlar bilan o‘ralgan makondir. Unda bir nechta ko‘chalar mavjud va aholi soni yil vaqtiga qarab o‘zgaradi. 2011 yilda aholini ro‘yxatga olish paytida 30 kishi hisobga olingan bo‘lsa, 10 yildan so‘ng, mutaxassislar Xumda 52 kishini hisobdan o‘tkazib, shahardagi ijobiy o‘sish haqida ishonch bilan gapira boshlashdi.