Valyuta birjasida rubl va so‘mda to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo amalga oshiriladi

Rossiya banklari ichida birinchi bo‘lib, Roseksimbank O‘zbekiston xalq bankida hisob raqamini ochdi. Dastlabki to‘lovlar va rublning so‘mga konvertatsiyasi bo‘yicha ilk kelishuvlar ham amalga oshirilgan. Bu haqda «VEB.RF» Rossiya davlat korporatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida tashkil etilgan konferensiyada Rossiya eksport markazi rahbari Veronika Nikishina ma’lum qilgan.

Ta’kidlash joiz, so‘nggi yillarda Rossiya tashqi savdoda dollardan uzoqlashishga harakat qilmoqda. Xususan, Turkiya, Xitoy va Hindistonning yirik savdo tashkilotlari bilan o‘zaro hisob-kitoblar milliy valyutalarga o‘tmoqda.

Shuningdek, Rossiyaning yirik gaz va neft eksportchilari dollardan yevroga o‘tgan.