Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Vatan": O‘zbekistonda yana bir yangi jurnal chop etilmoqda

Ushbu ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma’rifiy jurnalning birinchi soni nashrdan chiqdi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi muassisligida chop etilayotgan ushbu jurnal sahifalarida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan yangilanishlar, Vatanimiz tarixi aks etgan tahliliy maqolalar, ziyolilar, siyosatshunos va yozuvchilar asarlari e’lon qilib boriladi.

Birinchi sonning ilk sahifalari ozarbayjon shoiri Akif Bag‘irning “O‘zbek kelayotir...” nomli tantanavor she’ri bilan boshlanadi. Shuningdek, jurnalda O‘zbekiston Qahramoni va O‘zbekiston xalq shoirlari Abdulla Oripov hamda Erkin Vohidov she’rlarini, Abdurauf Fitratning “Yurt qayg‘usi” sochmasi, til, millat, milliy ong tushunchalari keng yoritilgan professor Qozoqboy Yo‘ldoshevning “Buzilmas qo‘rg‘on” maqolasini o‘qish mumkin.

Jurnaldan o‘rin olgan Xayriddin Sulton qalamiga mansub “Onamning yurti” hikoyasi, Muhammad Yusufning samimiy satrlari, Shoyim Bo‘tayev, Tog‘ay Murod asarlari, Olimjon Davlatov tahliliy maqolasi, Sirojiddin Sayyid she’rlarida Vatan shukuhi, oramizdagi fidoyi odamlar, olim-u fuzalolari haqida so‘z boradi.