“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”

Samarqand shahridagi “Yoshlik” istirohat bog‘ida “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” tanlovlarining viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoalarining badiiy chiqishlari namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tashkil etilayotgan bu kabi bayram dasturlari viloyatimizning barcha tumanlarida uyushtirilmoqda.
Bulung‘ur tumanida bo‘lib o‘tgan tadbirda 1-umumta’lim maktabi “Turon maktab teatri”ning “Avloniy izdoshlari” jamoasi tomonidan “Dunyoning ishlari” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl hamda 22-umumta’lim maktabining “Tarona” ansambli tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.