Vetnamning Da Nang shahrida aniqlangan koronavirus yanada xavfli va tajovuzkor

Vetnamning Da Nang shahri va uning atrofida qayd etilgan koronavirus xuruji yanada xavfli va agressiv bo‘lib chiqdi. Bu haqda Vetnam hukumatining axborot portalida xabar qilindi.

Ayni vaqtda yangi turdagi koronavirus bilan to‘rt kishi kasallangani aniqlangan. Ulardan ikki nafar bemor O‘SV uskunasiga ulangan. Olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, virus odam organizmida shiddat bilan ko‘payib bormoqda va bemorlarni tez fursatda og‘ir ahvolga tushirib qo‘ymoqda.

Mutaxassislar virusning yana paydo bo‘lishiga ikki omil - mamlakatga noqonuniy migrantlarning kirib kelishi yoki Da Nang kasalxonalarining birida virusning mutatsiyaga uchrashi sabab bo‘lganini aymoqda.

26 iyulb kuni Vetnamda so‘nggi uch oy ichida ilk marta koronavirus holati aniqlanganligi haqida xabar bergan edik.