Viloyat hokimining ommaviy sayyor qabuli boshlandi

Samarqand shahridagi “Yoshlik” istirohat bog‘ida viloyat hokimining aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida navbatdagi sayyor qabuli boshlandi.

Unda viloyatning to‘rtta sektori rahbari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari, shuningdek, Samarqand shahri va unga tutash tumanlar hokimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar mas’ullari ishtirok etmoqda.

Sayyor qabulga kelgan har bir fuqaroning murojaati diqqat bilan tinglanib, masalalarga yechim topish choralari ko‘rilmoqda. Ahamiyatlisi, shahar aholisi uchun o‘tkazilayotgan qabulga olis qishloqlardan ham fuqarolar kelib, murojaat qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra qabul boshlanguncha 200 nafardan ziyod murojaatchilar ro‘yxatdan o‘tgan.