Viloyat hokimining o‘rinbosarlari tarkibida o‘zgarish bo‘ldi
- 17.03.2022 09:53
- 1906
- Samarqand
Viloyat hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan Xodjayev Oybek Erkinovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Tegishli qarorga muvofiq viloyat hokimining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Mirzabekov Oybek Alibekovich tayinlandi.

O.Mirzabekov 1980 yilda Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan, ushbu tayinlovga qadar “O‘zsanoateksport” AJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat olib borgan.
So'nggi yangiliklar
Baxtli hayot uchun besh qoida
- 2 soat avval
- Mutolaa
Mutolaa: Ota bo‘lish osonmas…
- Kecha, 19:40
- Mutolaa