Viloyat hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari muhokama qilindi

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi, barcha shahar-tuman IIB rahbarlari va o‘rinbosarlari ishtirok etgan tadbirda viloyat hududida sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari, jumladan, odam o‘limi hamda tan jarohati bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokama markazida bo‘ldi.

Shuningdek, xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilishlari, fuqarolar bilan belgilangan me’yorlarga asosan, obod-axloq doirasida muloqot qilish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Kelgusida viloyat hududida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish borasida aniq vazifalar belgilandi.

Yig‘ilish yakunida namunali xizmati bilan safdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlar boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

Samarqand viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati.